9 yanvarda e`lon qilingan hukumat ma`lumotlariga ko`ra, Hindistonda 2018 yilda Hindistonda o`rtacha har 15 daqiqada jinsiy zo`rlash haqida xabar berilgan. Bu ko`rstakich mamlakatni ayollar uchun dunyodagi eng yomon joylardan biri ekanligidan dalolat beradi va uning obro`siga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
2018-yilda Hindistonda ayollarga deyarli 34 ming marta jinsiy tajovuzlar bo`lgan. Ichki ishlar vazirligi e`lon qilgan yillik hisobotga ko`ra, jinoyatchilarning atigi 85 foiziga jarimalar solingan. Ularning 27 foizigina aybdor, deb topilgan.
Ayollar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari mamlkatda ayollarga nisbatan qilingan jinoyatlar ko`pincha jiddiy qabul qilinmayotganligini va polisiya bu holatlarni atroflicha tergov qilmasligini aytishadi. «Mamlakatni hanuzgacha erkaklar boshqaradi, sudyalarning aksariyati xam hanuzgacha erkaklardir”, deydi Ayollar milliy komissiyaning sobiq rahbari Lalita Kumaramangalam.
Hindiston hukumati jinsiy zo`ravonliklar sonini kamaytirib ko`rsatadi. Chunki Hindistonning ba`zi qismlarida jinsiy zo`rlash haqida xabar berishga taqiq qo`yilgan. Shuningdek, qotillik bilan tugagan jinsiy zo`ravonlik faqat qotillik, deb qayd etiladi.






