Payshanba kuni Eron shimolida tog`li yo`lda ketayotgan avtobus jarga tushib ketganligi haqida tarjimon.uz xabar bermoqda.
Eron axborot agentliklarining ma`lumotiga ko`ra, halokat natijasida, kamida 19 kishi halok bo`ldi va 24 kishi jarohat olgan.
Rasmiy IRNA axborot agentligi xabariga ko`ra, poytaxt Tehrondan 150 kilometr uzoqlikda joylashgan Mazandaran viloyatida sodir bo`lgan ushbu avtohalokatga tormoz nosozligi sabab bo`lgan, deb taxmin qilinmoqda.
Eslatib o`tamiz, Eronda 8 yanvar kuni bortida 176 kishi bo`lgan Ukraina samolyoti halokatga uchragan va samolyotdagilarning barchasi halok bo`lgandi.
Eslatib o`tamiz 8-yanvar kuni texnik nosozliklar tufayli bortida 180 nafar yo`lovchi bo`lgan Ukrainaning Boeing 737 samolyoti Tehron xalqaro aeroportida halokatga uchragan edi.






