AsosiySiyosat

Abdulaziz Komilov Hindistonga boradi

'Abdulaziz Komilov Hindistonga boradi'ning rasmi

Joriy yilning 14-15 yanvar kunlari O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Hindiston Respublikasida bo`ladi.

Vazirlik ma`lumotiga ko`ra, tashrif davomida Nyu-Dehli shahrida Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar o`tkazish rejalashtirilgan. O`zbekiston delegasiyasi “Raisina Dialogue” 5-xalqaro konferensiyasi ishida ham ishtirok etadi.

Tashrif doirasida forumda ishtirok etuvchi xorijiy delegasiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazish kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar