Meksikada juma kuni qo`lida ikkita qurol ko`targan 11 yoshli bola maktabga kirib, avval o`qituvchini, keyin esa o`zini otib o`ldirdi, deya xorij OAVga asoslanib xabar berdi Tarjumon
Shuningdek, yana olti kishi yarador bo`lgan. Bola shafqatsiz video o`yin ta`siri ostida ushbu jinoyatga qo`l urgani taxmin qilinmoqda.
Shimoliy Torreon shahar hokimi Xorxe Zermenoning so`zlariga ko`ra, bola juma kuni ertalab Kolejio Servantes nomli xususiy maktabda ayol o`qituvchini,keyin o`zini otib o`ldirgan.
Kamida besh talaba va boshqa bir nafar o`qituvchi ham jarohatlangan.
“Bu fojia.11 yoshli bola ikkita qurol bilan maktabga kelishi juda ham achinarli”, – dedi Zermeno.
«U avvallari o`zini yaxshi tutgan. Lekin u ba`zi sinfdoshlariga «Bugun so`ngi kun»deb aytgan.Ko`rishimiz mumkinki, bola video o`yindan ta`sirlangan» deydi Koaxila shtati gubernatori Migel Rikuelme.
Rikuelening so`zlariga ko`ra, bolaga «Tabiiy tanlov» deb nomlangan otishma o`yini ta`sir ko`rsatgan. U hujum qilgan paytida aynan shu o`yin nomi yozilgan futbolkani kiygan.
Mutaxassislar uzoq vaqtdan beri vaxshiy video o`yinlar va inson xarakteridagi tajovuzkor xatti-harakatlar o`rtasida bog`liqlik bor-yo`qligi haqida bahslashib kelishadi.