1

Yuqorichirchiqdagi soydan bo`g`ib o`ldirilgan yosh bolaning jasadi topildi

Jamiyat 11.02.2015, 13:34
Yuqorichirchiqdagi soydan bo`g`ib o`ldirilgan yosh bolaning jasadi topildi

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidan oqib o`tuvchi soyda 10 yoshli bolaning jasadi bo`g`ib o`ldirilganlik alomati bilan elim xaltaga o`ralgan holda topilgan.

Bundan avval Chirchiq shahar IIB ga er-xotin Baxromovlar (ismlar o`zgartirilgan) bola yo`qolganligi haqida ariza bilan murojaat qilgan. Oila Namangan viloyatidan Chirchiqqa ko`chib kelgan bo`lib, er-xotin mahallalardan biridagi dala-hovlida yordamchi xizmatchi bo`lib ishlagan. Ularning o`g`li o`qishdan bo`sh vaqtida shu mahallada yashovchi A.Karimovning uyida qo`yboqarlik qilgan. Ota-onaning aytishicha, o`g`li har doimgidek qo`ylarni o`tlatgani yaylovga chiqib ketgan, biroq uyga qaytmagan. Xuddi shu kuni chorva egasi qo`ylar yo`qolgani haqida aytgan.

Voqea joyiga etib kelgan tezkor-qidiruv guruh jasad o`sha yo`qolgan bola ekanligini taxmin qilishdi. Jasadni tekshirgan ekspert bola bo`g`ib o`ldirilganini, so`ng elim xaltaga o`rab, soyga oqizib yuborilganini tasdiqladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari qo`ylarning yo`qolishi bilan bolaning o`limi o`zaro bog`liq degan xulosaga kelishdi. Tergov davomida mahalliy aholi so`roq qilinganda Botir K. oilasi bu borada qattiq asabiylashayotgani sezildi. Xodimlar uning 15 yoshli o`g`lini so`roq qilganda esa haqiqat yuzaga chiqdi. Ma`lum bo`lishicha, uning otasi qo`ylarni o`g`irlamoqchi bo`lgan, lekin uni Bahromovlarning 10 yoshli o`g`li ko`rib qolgan. Botir K. bolaning guvoh bo`lishidan qo`rqib, uni bo`g`ib o`ldirgan va jasaddan qutulish uchun yaqin atrofdagi soyga tashlab yuborgan.

Ushbu hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov olib borilmoqda, deb yozadi uz24.uz nashri “Postda” gazetasi ma`lumotlariga tayanib. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1