1

Qoraqalpog`iston mashhur Karlovi Variga raqobatchi bo`lishi mumkin

Jamiyat 12.02.2015, 09:14
Qoraqalpog`iston mashhur Karlovi Variga raqobatchi bo`lishi mumkin

Qoraqalpog`istonning Chimboy, Qorauzoq, Taxtako`pir tumanlarida joylashgan erosti termal mineral suvlari manbalari ular negizida sanator-kurort zonalarini qurish uchun ajoyib investisiya loyihasiga aylanishi mumkin deb yozadi kun.uz.

Bugungi kunda O`zbekistonning bu mintaqasida sayyohlik salohiyati jadallik bilan rivojlanmoqda. Qoraqalpog`istonga ekzotika qidirib, dunyoning turli burchaklaridan sayyohlar tashrif buyurmoqda. Yaqin kelajakda bu mintaqaga xuddi o`tmishdagi kabi uzoq kutilgan mehmonlar “karvonlari” tashrif buyurishi kutilmoqda.

Chimboy, Qorauzoq, Taxtako`pir tumanlaridagi harorati 40-70 gradus bo`lgan termal suvlar manbalari negizida mashhur Karlovi Vari va boshqa xorijiy sog`lomlashtirish maskanlaridan hech bir jihatdan qolishmaydigan zamonaviy sanatoriylar barpo etish rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1