1

O`zbekistonda "Made in Italy" savdo belgisi ostida ayollar poyabzali ishlab chiqariladi

Jamiyat 12.02.2015, 11:44
O`zbekistonda "Made in Italy" savdo belgisi ostida ayollar poyabzali ishlab chiqariladi

Zamonaviy oyoq kiyimlar ishlab chiqaruvchi Italiya-O`zbekiston qo`shma korxonasi tashkil etiladi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi Italiyaning Carriera Adriatico, Infofermo, Informazione va Fermonotizie kabi axborot agentliklariga tayanib xabar qilgan, deb yozadi uz24.uz.

Xususan, Carriera Adriatico agentligi qayd etishicha, Confartigianato Assosiasiyasi Italiyaning Fermo shahridagi oyoq kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniya ishtirokida loyihani ilgari surdi. Loyiha “O`zbekcharmpoyabzal” Assosiasiyasi hamda “Italiya-O`zbekiston” Savdo-sanoat palatasi hamkorligi asosida yaratilgan bo`lib, undan maqsad yurtimizga italiyalik zamonaviy ayollar poyabzali ishlab chiqaruvchilarini jalb etishdan iboratdir.

Fermonotizie agentligi xabariga ko`ra, italiyalik mutaxassislar tomonidan mahalliy bozorda ayollar poyabzalining sifati, narx-navosini o`rganish maqsadida o`tkazilgan marketing tadqiqoti davomida “Made in Italu”, ya`ni “O`zbekistonda ishlab chiqarilgan” savdo belgili mahsulotlar uchun respublikamizda nafaqat keng ichki muhit, balki ishlab chiqaruvchilar uchun qulay sharoitlar ham yaratilgani aniqlandi.

Italiya OAV lari kelgusida yaratiladigan italyan-o`zbek qo`shma korxonasi ham ichki, ham tashqi bozorga mo`ljallangan yiliga 6 million juft oyoq kiyim ishlab chiqarish imkoniga ega bo`lishiga umid bildirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1