AsosiyJamiyat

“Inshaalloh” iborasi nemis tili lug`atiga kiritildi

'“Inshaalloh” iborasi nemis tili lug`atiga kiritildi'ning rasmi

Musulmon olamida keng qo`llaniladigan “Inshaalloh” iborasi nemis tilining eng mashhur imlo lug`ati – Dudenga kiritildi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda nemis tilida gapiruvchilar ham ushbu so`zni ishlatishadi.

“Inshaalloh” arabcha so`z bo`lib, o`zbek tilida “Xudo xohlasa”, “Xudoga hush kelsa” ma`nolarini anglatadi. Yaxshi istak bildirish, Xudoyo, Ilohim kabi ma`nolarda keladigan duo iborasi hamdir.   

Nemislar oldin ham arab tilidan ba`zi so`zlarni olishgan. Ammo bu ibora Islom dini va musulmonlar e`tiqodi bilan bog`liq ilk atama sifatida nemis lug`atiga kiritildi.

 

    Boshqa yangiliklar