1

Bugun Toshkentda Navoiy va Bobur tavalludiga bag`ishlangan she`riyat kechasi bo`lib o`tadi

Jamiyat 13.02.2015, 12:43
Bugun Toshkentda Navoiy va Bobur tavalludiga bag`ishlangan she`riyat kechasi bo`lib o`tadi

Yoshlar ijod saroyida tashkil etiladigan tadbir soat 15:00 da boshlanadi, deya xabar bermoqda uz24.uz nashri.

Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag`ishlangan she`riyat kechasi “Kamolot” YoIH, Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida o`tkazilmoqda. Unda “Yurt kelajagi” tanlovi, “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining “nazm va nasr” yo`nalishi g`oliblari, Yozuvchilar uyushmasi a`zolari hamda yosh shoirlar qatnashadi.

Tadbir teatrlashtirilgan tomosha shaklida o`tkazilib, yuzdan ortiq she`riyat muxlislari qatnashishi ko`zda tutilgan. Ishtirokchilar taniqli qalam ustalari oldida o`z she`rlarini, shuningdek,  mashhur shoirlarning ijod namunalarini o`qib berish, ular bilan muloqotda bo`lish imkoniga ega bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1