1

Sherzod Qudratxo`jaev saylangan senatorlarning katta qismi yoshi ulug` insonlar ekaniga munosabat bildirdi

Siyosat 17.01.2020, 23:05
Sherzod Qudratxo`jaev saylangan senatorlarning katta qismi yoshi ulug` insonlar ekaniga munosabat bildirdi

O`zbekistonning 12 ta viloyatidan Oliy Majlis Senati a`zoligiga vakillar saylandi

Saylangan senatorlarning ro`yxati viloyat hokimliklarining rasmiy sahifalarida e`lon qilindi. Ushbu saylangan senatorlar mavzusi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. Mazkur muhokamalar borasida MSK a`zosi Sherzodxon Qudratxodjaev o`z munosabatini bildirdi.

“Bugun biz ijtimoiy tarmoqlarda Senatga saylangan senatorlarning katta qismini yoshlar emas, balki yoshi ulug` insonlar tashkil etgani qizg`in munozaralarga sabab bo`lganini ko`rmoqdamiz. 

Ammo, jahon amaliyotida, xususan  Evropa Parlamentlarining ham yuqori palatasi katta hayotiy tajribaga ega va jiddiy yutuqlarga erishgan, malakali siyosatchilardan iborat bo`ladi.

Bilamizki, yoshi ulug` avlod vakillari harakatchan, yosh va dinamik avloddan aynan shu jihatlari bilan farq qiladi.

Quvonarlisi, bugun saylangan Senatorlar orasida avvalgi singari tuman hokimlari emas, balki O`zbekiston Qahramonlar, yirik ishlab chiqarish korxonalari  rahbarlari, xalq shoirlari va yozuvchilari, fan doktorlari, akademiklar,  nodavlat tashkilotlar rahbarlari borligidir. Bu katta o`zgarishdan dalolatdir. Shuningdek, ularning sal kam 30% ayollardan iborat.

Demak, Parlamentning Qo`yi palatasi harakatchan, qiziquvchan yosh avloddan iborat bo`lsa, yuqori palata aksincha, yoshi ulug` insonlardan tashkil topishi odatiy holdir.

Shu sababli ham, Senatning yangi tarkibi bizga "o`zaro tiyib turish va muvozanatni saqlash tizimi"ning  qanday ishlashini qo`rsatadi.”

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1