1

Oliy Majlis Senatining birinchi majlisi o`z ishini boshladi

Siyosat 20.01.2020, 17:15
Oliy Majlis Senatining birinchi majlisi o`z ishini boshladi

2020 yil 20 yanvar kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi o`z ishini boshladi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar berdi.

Unda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etmoqda.

Majlisda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari, mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug`bek Abdusalomov majlisni ochdi.

O`zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangradi.

Majlisda Oliy Majlis Senatini shakllantirish ochiqlik va transparentlik kabi demokratik tamoyillar asosida milliy saylov qonunchiligi talablariga asosan amalga oshirilgani ta`kidlandi. Qayd etilganidek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining, viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining Senat a`zolari saylovi bo`yicha qo`shma majlislarida 84 nafar senator saylandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 13 nafar Senat a`zosi tayinlandi.

Senatning yangi tarkibi fan, san`at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo`lgan hamda alohida xizmat ko`rsatgan eng obro`li fuqarolardan shakllantirilganligi ta`kidlab o`tildi.

Parlament yuqori palatasi birinchi majlisining kun tartibi senatorlar tomonidan tasdiqlandi. Unga ko`ra senatorlar O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatini shakllantirish yakunlari to`g`risidagi axborotini ko`rib chiqadi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisini, Senat Raisi o`rinbosarlarini saylaydi.

Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo`mitalari va komissiyasini tuzish, ularning raislarini, raislari o`rinbosarlari va a`zolarini saylash ham kun tartibiga kiritilgan.

Kun tartibi doirasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o`z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi to`g`risidagi masala ham ko`rib chiqiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1