1

O`zbekistondagi 37 sanatoriyada urush va mehnat faxriylari uchun xizmat ko`rsatish bepul bo`ladi

Jamiyat 16.02.2015, 14:09
O`zbekistondagi 37 sanatoriyada urush va mehnat faxriylari uchun xizmat ko`rsatish bepul bo`ladi

1941-1945 yillarda urush va mehnat frontida xizmat qilgan faxriylarining mamlakatdagi sanatoriyalarda davolanishi bepul qilib qo`yiladi. Bu haqda O`zbekiston respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining matbuot xizmati xabar qilgan, deb yozadi kun.uz nashri.

Urush va mehnat faxriylariga sanatoriyalar uchun yo`llanmalar shu yilning 1 martidan tegishli tumanlarda aholi bandligi va ijtimoiy himoya bo`yicha markazlar tomonidan berila boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyushmalar federasiyasi kengashi va “Nuroniy” jamg`armasi faxriylar uchun bepul xizmat qiladigan 37 sanatoriyani aniqlab olishgan.

Bu sanatoriyalarning to`liq jadvali saytida ma`lum qilingan bo`lib, unda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 12 sanatoriya, Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatidagi 5ta sanatoriya, Qashqadaryo va Surxonndaryo viloyatidagi 4ta sanatoriya, Jizzax va Sirdaryo viloyatidagi 3ta sanatoriya, Farg`ona vodiysidagi 10ta sanatoriya hamda Qoraqalpog`iston va Xorazm hududidagi 3ta sanatoriya nomlari qayd etilgan.

Bu sanatoriyalarda faxriylar uchun xizmat ko`rsatish xarajatlari davlat byudjeti hisobidan to`lab beriladi. Shuningdek, yo`llanma olgan faxriylar sanatoriyalar hududigacha jamoat transportlarida borishda imtiyozlardan foydalanishadi.

Bu loyihaga ko`ra, urush va mehnat faxriylari har yilda bir marta sanatoriyalarda 12 kunlik sog`lomlashtirish muolajalarini olishlari mumkin bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1