AsosiyJamiyat

Tomskdagi yong`inda 10 nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi

'Tomskdagi yong`inda 10 nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi'ning rasmi

2020 yilning 21 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 00:05da Rossiya Federasiyasi Tomsk oblasti, Asino rayoni, Prichulmsk aholi yashash punkti, Svoboda ko`chasidagi bir qavatli yog`ochdan qurilgan 1/3-uyda yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Yong`in natijasida, uyning 208 kv.m. maydonda tom va shift qismi yonib, qulagan. Birlamchi ma`lumotga asosan ushbu xonadonda 12 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari yashaganliklari ma`lum bo`ldi. Ulardan 10 nafari voqea joyida halok bo`lgan va 2 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko`rsatilib, javob berilgan. Ular OOO “GRINVUD” yog`och tayyorlash kompaniyasi ishchilari bo`lishgan.

Vafot etgan fuqarolar Tomsk oblasti Asino shahridagi rayon shifoxonasi morgida saqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan voqea joyida xuquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi FVV, TIV, IIV hamda hududiy konsullik xizmatlari bilan hamkorlikda halok bo`lganlarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularni vataniga olib kelish bo`yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar