1

“Abdulla Aripov boshidan o`tgan og`ir kun va tuhmatlarga qaramay, aslo sinmadi”. Prezident bosh vazir lavozimiga nomzodini taklif etdi

Siyosat 21.01.2020, 15:24
“Abdulla Aripov boshidan o`tgan og`ir kun va tuhmatlarga qaramay, aslo sinmadi”. Prezident bosh vazir lavozimiga nomzodini taklif etdi

Avval xabar berganimizdek,  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining Qo`shma majlisi bo`lib o`tmoqda.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoev ma`ruza qildi.

Kun tartibidagi ikkinchi — asosiy masala Bosh vazir lavozimiga nomzodni tasdiqlash masalasi bo`ldi.

Konstitusiyaning 98-moddasiga ko`ra, bosh vazir nomzodini saylovda eng ko`p ovoz olgan partiya tavsiya etish huquqiga ega bo`ladi. O`tgan saylov natijasiga ko`ra, O`zLiDeP 53 foiz ko`rsatkich bilan g`olib bo`ldi. Shunga ko`ra, ushbu partiya Bosh vazir lavozimiga nomzod etib, amaldagi bosh vazir Abdulla Aripov nomini ko`rsatgan edi. 

Qo`shma Majlisda davlat rahbari Abdulla Aripov nomzodini Bosh vazir lavozimiga taklif etdi. U haqda iliq fikrlar bildirdi:

— Men Abdulla Aripovni 20 yildan buyon bilaman. Boshidan o`tgan har qancha og`ir kun va tuhmatlarga qaramay, aslo sinib qolmadi. Uning aql-zakovati va kuch-qudratiga ishonaman, — deya, ushbu taklifni ma`qullagan barchaga o`z minnatdorchiligini bildirdi Shavkat Mirziyoev. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1