1

Namangandagi xususiy fotostudiyada elektr asboblaridan noto`g`ri foydalanish oqibatida yong`in yuzaga keldi

Jamiyat 16.02.2015, 16:44
Namangandagi xususiy fotostudiyada elektr asboblaridan noto`g`ri foydalanish oqibatida yong`in yuzaga keldi

Namangan shahridagi Yong`in xavfsizligi xizmatiga shahardagi xususiy fotostudiyalardan birida yong`in sodir bo`lganligi haqida tashvishli xabar kelib tushdi.

Yong`in o`chiruvchilar voqea joyiga etib borishganda, fotostudiya egasining jiyani 17 yoshli yigit yonayotgan bino ichkarisida qolganligi ma`lum bo`ldi. Yuzaga kelgan murakkab vaziyatda o`t o`chiruvchilarning sa`i-harakatlari bilan alanga ichida qolgan yigit qutqarilib, kasalxonaga yuborildi va yong`in tezkorlik bilan o`chirildi.

Aniqlanishicha, yong`in elektr asboblaridan noto`g`ri foydalanish oqibatida yuzaga kelgan, deb xabar qiladi uz24.uz nashri IIV Matbuot xizmati ma`lumotlari asosida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1