AsosiySport

“Lokomotiv” bu mavsum OChLdan chetda bo`ladi

'“Lokomotiv” bu mavsum OChLdan chetda bo`ladi'ning rasmi

Bugundan e`tiboran Osiyo klublari o`rtasidagi nufuzli musobaqa Osiyo chempionlar ligasining joriy mavsumi guruh bosqiga saralash o`yinlari boshlandi. Bu haqda, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar bermoqda. 

Ushbu saralash bahslarida O`zbekistondan ikki klub ishtirok etishi belgilab qo`yilgan bo`lib, o`tgan mavsum Superligada ikkinchi va uchinchi o`rinlarni qo`lga kiritgan Toshkentning ikki klubi “Lokomotiv” va “Bunyodkor” jamoalari OChLning asosiy bosqichida ishtirok etish uchun kurash olib borishi kerak edi.

“Lokomotiv” klubi qo`shni Tojikistonning Dushanbe shahridan tashrif buyurgan “Istiqlol” jamoasini o`z maydonida qabul qilib, mag`lubiyatga uchradi.

Andrey Fyodrov shogirdlari o`yin davomida raqiblariga nisbatan faol bo`lganliklariga qaramasdan o`z darvozasidan bitta gol olib chiqqan holda OChL yo`llanmasi uchun kurashishdan erta chiqib ketdi.

Endi guruh bosqichiga chiqish masalasi Tojikiston klubining Saudiya Arabistonida arablarning “Al Ahli” klubiga qarshi o`yinida hal etiladi.

OChL-2020 – Ikkinchi saralash bosqichi.

“Lokomotiv” (Toshkent, O`zbekiston) – “Istiqlol” (Dushanbe, Tojikiston) 0:1 (0:0, 0:1).
Toshkent shahri, “Lokomotiv” stadioni.

Gol: Alisher Jalilov (60)

Eslatib o`tamiz, ertaga soat 14:00da Toshkentning yana bir klubi “Bunyodkor” yo`llanma uchun kurashni boshlaydi. Bu yo`lda ularning dastlabki raqibi Iroqning “Al Zavra” jamoasi bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar