1

Shokir Xoliqov Grant sifatida ajratilgan mablag`ga chol va kampir haqida film ishlamoqchi

Madaniyat 23.01.2020, 16:30
Shokir Xoliqov Grant sifatida ajratilgan mablag`ga chol va kampir haqida film ishlamoqchi

Ijodiy uchrashuvda so`z olgan "Choy" filmi rejissyori  Shokir Xoliqov ijodiy rejalari haqida gapirdi: "Kino jamoaviy soha, yaxshi jamoa yig`sak, yaxshi film yarata olamiz. Grant 1 mlrd. so`m berildi, lekin sertifikatda yoshlar orasidan zamon qahramoni yaratish haqida aytilgan ekan. Menda tayyor kinossenariy bor edi.  Ssenariyim chol va kampir haqida, ularning dardlari haqida".  

Shokir Xoliqov o`ziga ajratilgan Grantga yoshlar haqida emas, o`zi o`ylagan g`oyasi haqida film qilishga "O`zbekkino" Milliy agentligidan ruxsat so`radi.

"Menga o`zim his qilgan mavzuda film olishga imkon berishlaringizni so`rayman. Sertifikatda belgilangan mavzuda, o`zim his qilmagan mavzuda ishlagan filmim odamlarga  yoqadi deb o`ylamayman", dedi "Choy" rejissyori.  

"O`zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Shokir Xoliqovning bu taklifiga e`tirozi yo`qligini bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1