1

Andijonda halokatga uchragan avtomobillar ko`rgazmasi o`tkazilmoqda

Jamiyat 24.01.2020, 14:43
Andijonda halokatga uchragan avtomobillar ko`rgazmasi o`tkazilmoqda

Hususan, Andijon viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan 2020 yilning dastlabki 20 kuni davomida sodir etilgan yo`l transporti hodisalarida ishtirok etgan avtomashinalar ortilgan targ`ibot avtokarvoni tashkil etilib, Andijon shahri, Andijon, Oltinko`l tumanlarining aholi  gavjum joylarida profilaktik tadbirlar o`tkazildi.Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Yo`l-transport hodisalarining oldini olishda targ`ibotning alohida o`rni bor. Insonda shunday odat borki, qilmishning oqibatini tushunib etmaguncha yoki ko`zi bilan ko`rmaguncha undan qaytmaydi. “Targ`ibot avtokarvoni”ning maqsadi ham haydovchi va piyodalarga, umuman, fuqarolarga yo`l harakati qoidalariga amal qilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishini ko`rsatish hamda shu orqali ularni hushyorlikka chorlash bo`ldi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1