1

Lisenzion musobaqani o`zida o`tkazish istagidagi davlatlar ma`lum qilindi

Sport 24.01.2020, 18:39
Lisenzion musobaqani o`zida o`tkazish istagidagi davlatlar ma`lum qilindi

Xitoyning Uxan shahrida koronavirus – yuqumli kasalligining tarqalishi natijasida, ushbu shaharda o`tkazilishi kerak bo`lgan Tokio Olimpiadasiga lisenziya beruvchi musobaqa bekor qilingan edi.

Oldinroq boks bo`yicha lisenzion musobaqani tashkil etuvchi qo`mitaning barcha boks federasiyalariga xat yuborgani va unda lisenzion musobaqa joriy yilning 3-11 mart kunlari o`tkazilishi, shuningdek unga qaysi davlat mezbonlik qilishi keyinroq ma`lum qilinishi aytilgan edi.

Ushbu xabardan so`ng bir qator milliy federasiyalar mazkur musobaqani o`zida o`tkazish taklifi bilan chiqishgan. Ma`lum qilinishicha, Hindiston va Filippin boks federasiyalari ushbu musobaqani o`zlarida o`tkazishga tayyor ekanliklarini bildirishgan. 

Yaqin kunlar ichida tashkiliy qo`mita musobaqa o`tkaziladigan davlat nomini rasman e`lon qiladi, deyiladi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1