AsosiySport

Bektemir Meliqo`zievning raqibi aniq bo`ldi, u sobiq chempionlikka da`vogar bilan jang qiladi

'Bektemir Meliqo`zievning raqibi aniq bo`ldi, u sobiq chempionlikka da`vogar bilan jang qiladi'ning rasmi

Professional boksning super o`rta (-76,2 kg) vazn toifasi vakili Bektemir Meliqo`zievning (4-0, 3 KO) chempionlik kamari uchun jangdagi raqibi aniq bo`ldi. Bu haqda GoSport.uz xabar bermoqda.

Meliqo`ziev 14 fevral kuni WBA Continental Americas chempionlik kamarining himoyasi uchun ilk marta ringga ko`tariladi. Jang Kaliforniya shtati Anahaym shahridagi Honda Center sport arenasida bo`lib o`tadi. Shu kuni unga meksikalik Marko Antonio Periban (25-5-1, 16 KO) raqiblik qiladi. Periban aslida to`rtinchi jangdayoq Bektemirga ro`baro` kelishi lozim edi, ammo u jarohat olgani sabab, Meliqo`ziev boshqa bokschiga qarshi ringga chiqqandi.

Ma`lumot uchun, Periban professional boksda 31ta jang o`tkazgan bo`lib, ularning birida WBC jahon chempionlik kamari uchun ringga chiqqan va favorit sanalsada, kutilmaganda avstraliyalik Sakio Bikaga kichik farq bilan yutqazib qo`ygan.

Eslatib o`tamiz, Bektemir Meliqo`ziev so`nggi marta 13 dekabr kuni amerikalik Von Aleksanderni (15-4, 9 KO) mag`lubiyatga uchratib, WBA Continental Americas chempionlik kamarini qo`lga kiritgandi. Bu natija orqali u WBA reytingi TOP-15ligiga kirdi.

    Boshqa yangiliklar