Prezident Shavkat Mirziyoev turizmni rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi.
Sayyohlikning an`anaviy turlari qamrovini kengaytirish bilan birga yangi yo`nalishlarini ochish zarurligi ta`kidlandi. Mehmonxonalarni ko`paytirish, yurtimizda xorijiy kinomahsulotlarni suratga olish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.
Tuman va shaharlarni kamida 3 ta sport turiga ixtisoslashtirish orqali katta sportga sifatli zaxira shakllantirish haqida so`z yuritildi.