AsosiyJamiyat

Islom Karimov Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 19 fevral kuni Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvda Islom Karimov nutq so`zladi, deb ma`lumot beradi O`zA xabarlariga tayanib, uz24.uz.

Dasturda mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, keng ko`lamli iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni izchil davom ettirish, aholi daromadlari va hayot sifatini muttasil oshirib borishga doir muhim yo`nalishlar o`z ifodasini topgan. Jumladan, iqtisodiyotni modernizasiyalash, yangi sanoat korxonalari barpo etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada keng rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qayta ko`rib chiqish, qishloq xo`jaligida tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, mahalliylashtirish dasturlarini davom ettirish, investisiyaviy muhitni yanada yaxshilash, aholi bandligini ta`minlash va hayot darajasini oshirish kabi masalalarga alohida e`tibor qaratilgan.

Uchrashuvda so`zga chiqqanlar mamlakatimizda mustaqillik yillarida keng ko`lamli, misli ko`rilmagan ulkan ishlar amalga oshirilganini qayd etdi. Prezident sayloviga tayyorgarlik, uni o`tkazish bilan bog`liq jarayonlar milliy qonunchiligimiz va xalqaro demokratik talablarga to`la mos ravishda o`tayotganini ta`kidladi. Saylovchilarni 29 mart kuni bo`ladigan Prezident saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar