AsosiyJamiyat

Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida "Intellektual mulk ob`ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida seminar bo`lib o`td

Joriy yilning 20 fevralida Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan "Intellektual mulk ob`ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida seminar o`tkazildi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy sayti.

Tadbirda universitetning professor - o`qituvchilari, doktorantlari va yosh olimlari hamda magistratura talabalari ishtirok etdilar. 
Seminarda Agentlik xodimlari tomonidan quyidagi mavzularda ma`ruzalar qilindi: "O`zbekistonda intellektual mulk ob`ektlarining huquqiy muhofazasi", "Tovar belgilari va xizmat ko`rsatish belgilari hamda ularning huquqiy muhofazasi" va "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar. Muallif va huquq egasi huquqlari".

Bundan tashqari, intellektual mulk sohasida yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, Agentlikning vazifalari va faoliyati, Agentlik tasarrufidagi korxonalar faoliyati, intellektual mulk sohasidagi bilimlarni oshirishda o`quv markazi tomonidan olib borilayotgan ishlar to`g`risida ma`lumotlar berildi. Seminar ishtirokchilari tomonidan ma`ruzachilarga savollar berildi va tegishli javoblar olindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar