1

Shavkat Mirziyoev koronavirusning oqibatlari munosabati bilan Xitoy xalqiga ta`ziya bildirdi

Siyosat 01.02.2020, 22:59
Shavkat Mirziyoev koronavirusning oqibatlari munosabati bilan Xitoy xalqiga ta`ziya bildirdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoyda yangi turdagi koronavirus sababli kelib chiqqan epidemiyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga va do`st Xitoy xalqiga chuqur ta`ziya bildirdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari,

Xitoyda yangi turdagi koronavirus sababli kelib chiqqan kasallik tarqalishining fojiali oqibatlari to`g`risidagi tashvishli xabarlar O`zbekiston Respublikasida alohida xavotir va qayg`u bilan qabul qilinmoqda.

O`zbekiston xalqi nomidan va shaxsan o`z nomimdan ko`plab insonlarning halok bo`lgani munosabati bilan do`st Xitoy Xalq Respublikasi xalqiga chuqur hamdardlik bildiraman, barcha jabrlanganlarning tez fursatda shifo topishini tilayman.

Ushbu og`ir damlarda O`zbekiston xalqi sizga elkadosh bo`lib, xitoylik do`stlarga chin dildan qayg`udosh ekanini alohida ta`kidlashni istardim. 

Sizning rahbarligingiz ostida ushbu xavfli pandemiyaga qarshi kurashish borasida ko`rilayotgan mardona sa`y-harakatlar va samarali chora-tadbirlarni yuksak qadrlaymiz va to`liq qo`llab-quvvatlaymiz. Ushbu umumiy xatarni bartaraf etish maqsadida zarur ko`mak ko`rsatishga intilamiz.

O`zbekiston hukumati ushbu kasallik tarqalishiga birgalikda qarshi kurashish choralarini Xitoy bilan yaqindan muvofiqlashtirishga tayyor.

Yana bir bor chuqur hamdardlik izhor etib, Sizning qat`iy harakatlaringiz tufayli buyuk xitoy xalqi ushbu qiyinchiliklarni tez fursatda munosib engib o`tishiga ishonch bildiraman.

Chuqur hurmat ila,

O`zbekiston Prezidenti umumiy xatarga qarshi samarali kurashish maqsadida yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanini qayd etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1