1

Biznes va boshqaruv oliy maktabi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o`tkazilishi rejalashtirilyapti

Siyosat 03.02.2020, 08:30
Biznes va boshqaruv oliy maktabi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o`tkazilishi rejalashtirilyapti

Korporativ boshqaruv sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida Prezident qarori muhokama uchun joylashtirildi

Unga ko`ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi va prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o`tkazish hamda uni Biznes va korporativ boshqaruv oliy maktabi sifatida qayta nomlash to`g`risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Shunga ko`ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Biznes va korporativ boshqaruv oliy maktabikorporativ boshqaruv, loyiha boshqaruvi, menejment, xususiylashtirish, baholash faoliyati, davlat-xususiy sheriklik, komplaens va audit sohasida kadrlar tayyorlaydi va qayta tayyorlaydi.

Ilg`or mamlakatlar, shu jumladan Janubiy Koreya, Singapur, Germaniya tajribasini joriy etiladi.

Oliy maktabni xalqaro miqyosda tan olingan 200 ta jahonning eng nufuzli biznes maktablari reytingiga kiritish rejalashtirilayapti.

Shuningdek, biznes va korporativ boshqaruv sohasidagi biznes maktablarining xalqaro reytinglarini olish uchun etakchi xorijiy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik rivojlantiriladi;

Davlat-xususiy sheriklik asosida “ikki diplom” (double degree) qo`shma dasturlari amalga oshiriladi va IELTS, TOEIC, TOEFL va GMAT talablarini hisobga olgan holda ularga nomzodlarni saralash yuqori darajada tashkil qilinadi. 

Bundan tashqari,Oliy maktab professor-o`qituvchilari tarkibiga xorijiy etakchi oliy o`quv yurtlarining yuqori malakali o`qituvchilarini jalb qilishga ruxsat beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1