1

60 yoshdan oshgan ayollar va erkaklarga ozodlikdan mahrum etish jazosining muddati qisqartiriladi

Jamiyat 26.02.2015, 11:26
60 yoshdan oshgan ayollar va erkaklarga ozodlikdan mahrum etish jazosining muddati qisqartiriladi

2015 yilning 18 fevral sanasida qabul qilingan «Keksalarni e`zozlash yili»davlat dasturiga muvofiq, tegishli qonun loyihasiga o`zgartish kiritish ko`zda tutilgan. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 50-moddasiga o`zgartish kiritilib, 60 yoshdan oshgan ayollar va erkaklar uchun ozodlikdan mahrum etish jazosining eng uzoq muddati qisqartirilishi rejalashtirilmoqda, deb yozadi uz24.uz nashri.

Eng uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan 60 yoshdan oshgan ayol va erkaklar uchun ozodlikdan mahrum etilishning 3/4 qismi (75 foiz) dan 2/3 qismi (67,7 foiz) ga qisqartirish taklif qilinmoqda.

Tegishli o`zgartishlar joriy yilning ikkinchi choragida tayyorlanishi lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1