1

Jeki Chan boshliq bir guruh san`atkorlar koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashishga chaqiruvchi qo`shiq kuylashdi (video)

Madaniyat 05.02.2020, 10:48
Teglar: Jeki Chaan, Xitoy, koronavirus
Jeki Chan boshliq bir guruh san`atkorlar koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashishga chaqiruvchi qo`shiq kuylashdi (video)

Hozirda dunyo miqyosida pandemiyaga aylanib, aholi salomatligiga jiddiy xavf solayotgan yangi turdagi koronavirus pnevmoniyasiga qarshi barcha mamlakatlarda jiddiy kurash olib borilmoqda. Mazkur virus Xitoyda paydo bo`lgan bo`lsa ham chegara va hududlarni pisand etmay kundan kunga kengroq tarqalmoqda, qurbonlar soni ham oshib bormoqda. Bu kasallikka qarshi ayniqsa shifokorlar kechani kecha, kunduzni kunduz demay fidokorona kurash olib borishyapti. Ularning sa`y-harakatlari bilan bemorlarning 9-10 foizining hayotini asrab qolishga erishilmoqda. Ammo bu juda kam. 

Bu birgina xalqning emas, butun insoniyatning boshiga tushgan kulfat. Ushbu makkor virus hujumini engishda dunyodagi barcha insonlar, ko`plab olimlar, mikrobiologlar, virusologlar, infeksionistlar, epidemiologlar qatori san`atkorlar ham o`z hissasini qo`shishga harakat qilishyapti. Bir qator mamlakatlar, dunyodagi yirik tadbirkorlar, muruvvatli insonlar Xitoydagi karantin hududidagi insonlarga muruvvat yordamini jo`natishmoqda. 

Mashhur kinoaktyor Jeki Chan va boshqa bir guruh xitoylik taniqli xonandalar nafaqat Xitoy, balki butun dunyo miqyosida favqulodda holatni keltirib chiqargan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda barchani birlashishga chaqiruvchi qo`shiq kuylashdi. Video:

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1