1

Toshkent Islom universiteti Sulton Qobus universiteti bilan hamkorlikni yo`lga qo`yadi

Jamiyat 26.02.2015, 15:31
Toshkent Islom universiteti Sulton Qobus universiteti bilan hamkorlikni yo`lga qo`yadi

Toshkent islom universiteti Ummonning Sulton Qobus universiteti bilan ilmiy-akademik hamkorlikni yo`lga qo`yadi. Bu haqda UzDaily ma`lumotlari asosida kun.uz nashri xabar beradi.

25 fevral kuni Ummon poytaxti Masqat shahrida Toshkent islom universiteti rektori Ravshan Abdullaev Ummon universiteti rektori Ali bin Saud Ol Bimaniy bilan muzokaralar o`tkazdi.

Muzokaralar chog`ida tomonlar talabalar va o`qituvchilar almashinuvi, shuningdek, birgalikdagi tadqiqotlar orqali ilmiy-akademik hamkorlikni yo`lga qo`yish masalalarini muhokama qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1