1

Islom Karimov Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

Jamiyat 27.02.2015, 10:43
Islom Karimov Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 26 fevral kuni Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi 12-Xorazm okrug saylov komissiyasi raisi A.Rahimov ochdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov uchrashuvda nutq so`zlab, o`z saylovoldi dasturining asosiy yo`nalishlariga e`tiborni qaratdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy sayti xabar beradi.

Dasturda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarni izchil davom ettirish, aholi daromadlari va hayot sifatini muttasil oshirib borishga doir ustuvor yo`nalishlar o`z ifodasini topgan. Iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, sanoatni diversifikasiya qilish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik modernizasiyalash hisobidan iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirish, farovon hayotimizning muhim omili bo`lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo`jaligiga zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, erlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda mahalliylashtirish dasturlarini izchil davom ettirish, aholi bandligini ta`minlash va turmush farovonligini yanada oshirish kabi masalalarga alohida e`tibor qaratilgan. 

Qadimiy shaharlarimiz, go`zal tabiatimiz, boy va rang-barang madaniyatimiz asrlar osha dunyo ahlini o`ziga maftun etib kelmoqda. Mamlakatimizda zamonaviy sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish, tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarni tiklash va ta`mirlash, sayyohlarga xizmat ko`rsatish sifati yanada yaxshilandi. Transport, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari hamda ijtimoiy infratuzilmalar izchil rivojlanmoqda. Milliy uslubdagi zamonaviy aholi turar joylari, mehmonxonalar, dam olish maskanlari, bolalar sport maydonchalari barpo etilmoqda. Aholi suv ta`minotini tubdan yaxshilash maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida suvdan oqilona foydalanishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Qishloq xo`jaligi sohasidagi sug`orish ishlariga zamonaviy tejamkor texnologiyalar joriy etilayotir. Hududlarning sanoat salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus dasturlar aholi farovonligini oshirish hamda iqtisodiyotimizning yanada yuksalishiga xizmat qilmoqda. 

Uchrashuvda mehnat faxriysi K.Ortiqov, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo`limi rahbari G.Ibodullaeva va boshqalar mamlakatimizda mustaqillik yillarida misli ko`rilmagan ulkan ishlar amalga oshirilganini ta`kidladi. Prezident sayloviga tayyorgarlik, uni o`tkazish bilan bog`liq jarayonlar milliy qonunchiligimiz va umume`tirof etilgan xalqaro demokratik talablarga to`la mos ravishda o`tayotganini qayd etdi. Saylovchilarni joriy yilning 29 mart kuni bo`ladigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1