1

Islom Karimov Qoraqalpog`iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashdi

Jamiyat 27.02.2015, 13:58
Islom Karimov Qoraqalpog`iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 26 fevral kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashdi. Bu xaqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy sayti xabar beradi.

Uchrashuvni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi 1-Qoraqalpog`iston okrug saylov komissiyasi raisi K.Karimov ochdi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov o`zining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so`zladi. 

Dasturda keng ko`lamli iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni izchil davom ettirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan munosib o`rin olish, aholi farovonligi va hayot darajasini yanada oshirishga doir strategik maqsadlar o`z ifodasini topgan. Jumladan, sanoatni modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobidan iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, ishbilarmonlik va tadbirkorlik uchun yanada keng yo`l ochib berish, davlatning iqtisodiyotdagi ulushini qayta ko`rib chiqish, erlarning unumdorligini oshirish va ekin maydonlarini optimallashtirish, fermerlik harakatini yangi bosqichga ko`tarish, mahalliylashtirish dasturlarini izchil davom ettirish, investisiyaviy muhitni yanada yaxshilash va eksport hajmini ko`paytirish, aholi bandligini ta`minlash va turmush farovonligini oshirish kabi masalalarga alohida e`tibor qaratilgan. 

Mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti Qoraqalpog`iston Respublikasi rivojida ham yaqqol namoyon bo`lmoqda. Yangi zavod va korxonalar, infratuzilma ob`ektlari, zamonaviy uy-joylar barpo etilmoqda. Nukus shahrida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, Qoraqalpog`iston Respublikasi shahar va qishloqlari qiyofasi butunlay o`zgarib borayotir. 

Mahalliylashtirish va investisiya dasturlari doirasida ko`plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Qo`ng`irot soda zavodi, “Orient texnoloji”, “Vayt mashin texnoloji” qo`shma korxonalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish va to`qimachilik majmualari mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o`rin tutmoqda. Dunyodagi eng yirik loyihalardan biri – Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishi jadal olib borilmoqda. 

Uchrashuvda Qoraqalpog`iston Respublikasi “Nuroniy” jamg`armasi raisi Sh.Usnatdinov, “Qoraqalpog`iston tongi” gazetasi bosh muharriri G.Annaqlicheva, Qoraqalpog`iston Respublikasi bolalar va o`smirlar sport maktabi direktori, sambo bo`yicha ikki karra jahon chempioni A.Turdanov, O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti Nukus filiali o`qituvchisi G.Aximbetova va boshqalar tinchlik va barqarorlik samarasida mamlakatimiz har tomonlama rivojlanib, xalqimizning dunyoqarashi va turmush tarzi izchil yuksalib borayotganini qayd etdi. Prezident sayloviga tayyorgarlik, uni o`tkazish bilan bog`liq jarayonlar milliy qonunchiligimiz va xalqaro demokratik talablarga to`la mos ravishda o`tayotganini ta`kidladi. Saylovchilarni 29 mart kuni bo`ladigan O`zbekiston Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1