Professional boksning super o`rta vazn toifasida mag`lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo`zievning navbatdagi jang sanasi ma`lum bo`ldi. Rio olimpiadasi sovrindori joriy yilning 14 fevral kuni AQShda ringga ko`tariladi.
Hamyurtimizga ushbu jangda meksikalik tajribali bokschi Marko Antonio Periban raqiblik qiladi. Bektemir mazkur jangda o`zining WBA Continental Americas kamarini himoya qiladi.
Ma`lumot uchun, bokschimiz professional boksda bungacha 4 ta jangda ishtirok etgan bo`lib, ularning barchasini o`z foydasiga hal qilgan. E`tiborlisi, ulardan 3 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Uning raqibi Marko Antonio faoliyati davomida umumiy hisobda 31 ta jang o`tkazgan bo`lib, bu janglarning 25 tasida uning qo`li baland kelgan. 5 ta jangda mag`lubiyatga uchragan bo`lsa, 1 jangda durang qayd etilgan.
Eslatib o`tamiz, o`zbekistonlik bokschi o`zining so`nggi jangini 2019 yilning 13 dekabrida o`tkazib, unda amerikalik Aleksandr Vonni mag`lubiyatga uchratgan edi.






