O`zbekistonda Ibn Sinoning Italiyada saqlanayotgan eng katta qo`lyozmasi faksimile nashr qilinadi va bu haqda film suratga olinadi

Madaniyat 06.02.2020, 16:00
O`zbekistonda Ibn Sinoning Italiyada saqlanayotgan eng katta qo`lyozmasi faksimile nashr qilinadi va bu haqda film suratga olinadi

“O`zbekkino”, O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati Italiyaning O`zbekistondagi elchixonasi hamkorligida bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Ular orasida Ibn Sinoninig Bolonya kutubxonasida saqlanayotgan eng yirik qo`lyozmasining faksimil nashri va u haqidagi filmi ham kiritilgan.

“O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasining binosida O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati raisi F.Abduxoliqov hamda Italiya Respublikasining O`zbekistondagi elchisi Andreo Bertossi o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuv chog`ida “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” turkumidan Italiyada saqlanayotgan madaniy merosimiz durdonalari haqida kitob-albom va film yaratish haqida ham so`z bordi.

— Biz ana shu yirik loyihani amalga oshirish uchun yordam ko`rsatishga tayyormiz, — deydi Italiyaning O`zbekistondagi elchisi Andreo Bertossi. — Taniqli sharqshunos olimlar bilan aloqa o`rnatish uchun Italiya muzeylariga murojaat qilamiz. Xususan, Neopol sharqshunoslik universiteti (Università degli Studi di Napoli "L'Orientale") bilan mustahkam aloqa o`rnatganmiz. Rimdagi La Sapiensa universiteti olimlari Samarqandda tadqiqot olib borishmoqda. Ushbu olimlar bilan hamkorlikda kelgusida O`zbekistonning Italiyadagi madaniy merosi durdonalarini tadqiq etishda ham o`z samaralarini berishiga umid qilamiz.

Janob elchining ta`kidlashicha, o`rta asrlarda Marko Poloning sayohatlari, Venesiya va Genuya savdogarlarining  Buyuk Ipak yo`lidagi savdo karvonlari G`arb va Sharq o`rtasida ko`prik vazifasini o`tagan.

Shu bilan birga, Italiyada media-iventlar o`tkazish masalasi ham muhokama qilindi.

— Joriy yilda loyiha doirasida buyuk bobolarimiz xususan, Abu Ali ibn Sino merosi haqida ham yangi filmlar suratga olish, shuningdek yangi kitob-albomlar chop etish ko`zda tutilgan, — dedi O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati raisi F.Abduxoliqov. — Jumladan, Britaniyaning Clan Production studiyasi bilan Bi-bi-Si telekanali uchun Ibn Sino haqida film suratga olish rejalashtirilgan. Shuningdek, ulug` allomaning jahondagi qator kutubxonalarda saqlanayotgan qo`lyozmalari haqida fotoalbom va film yaratishni ham ko`zda tutganmiz. Bu loyihalar Parijdagi“Avisenna-Fransiya” jamiyati va Eriell Group kompaniyasi ko`magida amalga oshiriladi. Bolonya universitetida saqlanayotgan mazkur qo`lyozmaning faksimilesi doimiy hamkorlarimizdan biri Avstriyaning Mueller&Schindler nashriyotida tayyorlanadi.

Ibn Sinoning mashhur “Tib qonunlari” asari XV asrda lotin tiliga tarjima qilingan o`sha paytlardayoq Injildan so`ng Evropada eng ko`p bosilgan kitobga aylangan. Mazkur qo`lyozma esa asarning ivrit tilidagi nashri bo`lib, u allomaning eng qimmatli qo`lyozmalaridan biri sanaladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1