1

O`zbekiston temiryo`llarini elektrlashtirish uchun 400 million dollardan ortiq sarmoya kiritiladi

Jamiyat 27.02.2015, 15:44
O`zbekiston temiryo`llarini elektrlashtirish uchun 400 million dollardan ortiq sarmoya kiritiladi

“Maroqand – Qarshi” temiryo`lining muhim uchta ob`ekti, “Angren – Pop” yo`nalishini elektrlashtirish uchun 2015 yilda 400 million dollardan ortiq investisiya yo`naltiriladi.

Ushbu mablag`ning 55 foizdan ortig`i “Angren – Pop” temiryo`liga yo`naltiriladi – ushbu ob`ektni 2016 yil iyulida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Kun.uz nashrining “O`zbekiston temir yo`llari” kompaniyasiga asoslanib xabar berishicha, 2020 yilga qadar O`zbekistonda 1000 kilometrdan ortiq temiryo`l elektrlashtiriladi.

Oldindagi vazifalar qatorida uzunligi 187 kilometrlik “Jizzax – Yangier” ikki yo`lli elektrlashtirilgan temiryo`lni qurish, birinchi galdagi vazifalar orasida esa uzunligi 344 kilometr bo`lgan “Toshkent – Samarqand” yo`nalishida yuqori tezlikdagi poezdlar qatnovini tashkil etish, uzunligi 372,5 kilometr bo`lgan “Maroqand – Buxoro” temiryo`l uchastkasini elektrlashtirish kabilar turibdi.

Shu bilan birga harakatlanuvchi tarkibni yangilash ham ko`zda tutilgan. “O`zbekiston temir yo`llari” yaqin yillarda 15ta yo`lovchi va 11ta yuk teplovozlarini sotib oladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1