AsosiySport

Dzyudochimiz Parijda kumush medalni qo`lga kiritdi

'Dzyudochimiz Parijda kumush medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Ayni kunlarda Fransiya poytaxti Parij shahrida “Katta Dubulg`a” tasnifiga kiruvchi “Paris Grand Slam 2020” turniri bo`lib o`tmoqda.

Kechagi kunning -81 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sharofiddin Boltaboev kumush medal sohibiga aylandi, deya ma`lum qildi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.

Sharofiddin hal qiluvchi final uchrashuvida belgiyalik Mattias Kessega qarshi tatamiga chiqdi. Bellashuv taqdirini hakam tomonidan berilgan uchta shido, ya`ni ogohlantirish hal qildi.

Shu tariqa, Boltaboev nufuzli musobaqaning kumush medali hamda 700 reyting ochkosini qo`lga kiritdi. Sharofiddin chorak finalda amaldagi jahon chempioni, reyting peshqadami isroillik Sagi Mukini sof ippon bahosi bilan mag`lubiyatga uchratgan bo`lsa, yarim final bellashuvida yaponiyalik Sotaro Fijivaradan ustun kelgan edi.

    Boshqa yangiliklar