1

"Yoshlar va kino” shiori ostida milliy filmlarimiz namoyishi boshlandi

Madaniyat 10.02.2020, 17:27
Teglar: yoshlar, kino
"Yoshlar va kino” shiori ostida milliy filmlarimiz namoyishi boshlandi

Bugun 10-fevral soat 16:00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “Yoshlar va kino” shiori ostidagi o`zbek milliy filmlari namoyishi loyihasi ochilish marosimi bo`ldi.  

Ushbu dasturlar “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 27 dekabr kuni bo`lib o`tgan yoshlar bilan uchrashuvida belgilab berilgan tavsiyalar hamda 5 tashabbus loyihasi doirasida tashkil etildi.

 “O`zbekkino” Milliy agentligi tashabbusi tashkillashtirilgan tadbirda bilan Oliy va o`rta mahsus ta`limi vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi hamda O`zbekiston Yoshlar ittifoqi vakillari, taniqli kinoijodkorlar, jurnalist va talabalar ishtirok etishdi.

Marosimda so`z olganlar yoshlarimizni tariximiz, bugunimiz, qadriyatlar va urf-odatlarimiz, shuningdek, inson qalbini butun saqlab turuvchi, insonlarni jipslashtiruvchi o`zbekona tuyg`ular aks etgan milliy filmlarimiz bilan yaqindan tanishtirishning ahamiyati haqida gapirishdi. 

Ochilish marosimidan so`ng premera zaliga yig`ilganlar uchun ko`pchilikka manzur bo`lgan, Xorazmshohlar zamonidagi dovyurak yigit haqida hikoya qiluvchi “Elparvar” filmi namoyish etildi. 

Eslatib o`tamiz, Agentlik buyurtmasiga binoan so`nggi yillarda yaratilgan  eng sara milliy filmlar Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda har kuni soat 15:00 da va Respublika miqyosida davlat kinoteatrlarida bir oy davomida namoyish etiladi. Shuningdek, namoyishlar davomida film ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuvlar ham bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1