"O`zbekkino” milliy filmlar uchun tanlov e`lon qiladi

Madaniyat 10.02.2020, 18:10
Teglar: O`zbekkino, tanlov
"O`zbekkino” milliy filmlar uchun tanlov e`lon qiladi

“O`zbekkino” Milliy agentligi 2020 yilda  30 ta badiiy, 60 qismdan iborat 30 ta hujjatli, 30 ta multiplikasion, 10 soatli qisqa metrajli va yumoristik kinojurnal ishlab chiqarishni rejalashtirgan. 

Mazkur reja bo`yicha Agentlik iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, san`at, fan, ta`lim hamda ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, shuningdek, aholining real ehtiyojidan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy granti asosida milliy filmlar ishlab chiqarish uchun ustuvor mavzular ro`yxatini e`lon qiladi.

Ushbu loyiha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3176-son Qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1