Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichida Toshkentning “Paxtakor” klubi Dubay shahrining “Shabab Al Ahli” jamoasini qabul qildi.
“Paxtakor” markaziy stadionida “Shabab Al Ahli” jamoasiga qarshi o`tgan o`yinda poytaxtimiz klubi 2:1 hisobida zafar quchdi. Birinchi bo`limning 18-daqiqasida Jaloliddin Masharipov raqibdan to`pni olib qo`ydi va darvozabon Majid Nosirning xatosidan unumli foydalanib hisobni ochdi.
Ikkinchi bo`limda har ikkala jamoa a`zolari bir qator xavfli vaziyatlarni sodir etdi. O`yinning 67-daqiqasida Pedro Konde hisobni tenglashtirgan bo`lsa, oradan uch daqiqa o`tib Dragan Cheran raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritdi. Hisob 2:1.
Shu tariqa “Paxtakor” klubi birinchi turda muhim uch ochkoni qo`lga kiritdi. Endi futbolchilarimiz 17 fevral kuni o`z maydonida Eronning “Padidex” jamoasi bilan uchrashadi.