1

Murodjon Ahmadalievning jahon chempionlik kamari himoyasi uchun jangi Toshkentda bo`lib o`tadi

Sport 11.02.2020, 11:27
Murodjon Ahmadalievning jahon chempionlik kamari himoyasi uchun jangi Toshkentda bo`lib o`tadi

Professional boksning ikkinchi yarim engil (-55,34 kg) vazn toifasida WBA Super va IBF chempionlik kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev (8-0, 6 KO) o`zining navbatdagi himoya jangini Toshkentda o`tkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, Ahmadaliev IBF yo`nalishi bo`yicha vaqtinchalik chempion, 2019 yilning mart oyidan buyon majburiy da`vogar bo`lib turgan Ryosuke Ivasaga qarshi jang o`tkazishi kerak bo`ladi. IBF chempion vakillarini majburiy himoya bo`yicha ogohlantirgan. Tez orada mazkur jangni o`tkazish bo`yicha muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.

Murodjon Ahmadalievning promouterlari jangni Toshkentda tashkil qilishni reja qilgan. To`qnashuv muddati bo`yicha aniq to`xtamga kelinmagan, ammo katta ehtimol bilan u yoz oyi boshlarida bo`lib o`tishi kutilmoqda. Jang Humo Arena ko`p tarmoqli sport inshootida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, Murodjon Ahmadaliev 30 yanvar (Toshkent vaqti bilan 31 yanvar tongida) kuni Daniel Romanga (27-3-1, 10 KO) qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobida g`alaba qozongan va O`zbekiston tarixida ilk marta bir yo`la ikkita jahon chempionlik kamariga ega chiqqandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1