AsosiyDunyo

Qozog`iston prezidenti ommaviy tartibsizlik sodir bo`lgan viloyat hokimini ishdan bo`shatdi

'Qozog`iston prezidenti ommaviy tartibsizlik sodir bo`lgan viloyat hokimini ishdan bo`shatdi'ning rasmi

Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev Jambil viloyatida sodir bo`lgan ommaviy tartibsizliklardan so`ng, viloyat hokimi Asqar Mirzaxmetovni iste`foga chiqardi.

Viloyatning yangi hokimi etib Berdibek Saparbaev tayinlangan. U 2019 yilning avgustidan buyon bosh vazir o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Shuningdek, Jambil viloyati polisiya rahbari Arman Orazaliev ham iste`foga chiqarilgan. Viloyat polisiya departamentiga rahbar etib Qozog`iston ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlagan Janat Suleymenov tayinlangan.

Qosim-Jo`mart To`qaev Jambil viloyati hokimi Asqar Mirzaxmetovga ijtimoiy masalalar bo`yicha o`rinbosari Sulushash Qurmanbekovani hamda Qo`rday tumani hokimi Bo`latbek Baytoleni ish faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo`l qo`ygani uchun bo`shatishni buyurgan.

Eslatib o`tamiz, 7 fevral kuni Jambil viloyati Masanchi qishlog`idagi mahalliy aholi o`rtasida kelib chiqqan mojaro oqibatida 8 kishi halok bo`lgan va 40 dan ortiq fuqaro jarohatlangan edi.

    Boshqa yangiliklar