1

Ozodbek Nazarbekov: «Ilhom teatri vazirlik himoyasida!»

Madaniyat 11.02.2020, 18:59
Teglar: teatr, Ilhom
Ozodbek Nazarbekov: «Ilhom teatri vazirlik himoyasida!»

Ayni paytda internet saytlarida "Ilhom" teatri tugatilishi haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o`zining Instagramdagi sahifasida teatrning o`z joyida qolishiga muzokara yo`li bilan erishilgani haqida yozdi va bu bo`yicha quyidagi xabarni qoldirdi:

Ilhoming so`nmasin, “Ilhom”!

So`nggi kunlarda shov-shuvga sabab bo`lib kelayotgan, keng jamoatchilik e`tiborida turgan masala bu “Ilhom” teatrining kelajagi haqidadir. 10 fevral kuni ushbu masala yuzasidan “Ilhom” teatri badiiy rahbari Boris Gafurov hamda teatr joylashgan bino rahbarlari bilan uchrashdim. Uchrashuvda nafaqat O`zbekistonda, balki, xorij mamlakatlarida ham o`z dovrug`i va muxlislariga ega bo`lgan "Ilhom" teatri o`z joyida qolishiga kelishib olindi.  

Madaniyat va san`at Madaniyat vazirligining doimiy himoyasidadir. Bundan buyon “Ilhom” teatrining ijodiy faoliyati ham har tomonlama vazirlik tomonidan qo`llab-quvvatlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1