1

O`zbekistonda bolalar bepul vitaminlashtiriladi

Jamiyat 04.03.2015, 15:53
O`zbekistonda bolalar bepul vitaminlashtiriladi

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi rasmiy sayti O`zbekistonda 6 oylik va 5 yillik oralig`idagi yoshli bolalarda A vitamini berilishining navbatdagi bosqichi o`tkazilishi haqida xabar qiladi.

Bundan ko`zlangan asosiy maqsad yurtimizda bolalar salomatligini asrash, ularning immun tizimini oshirish va A vitamini tanqisligini kamaytirishdir.

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda A vitamini tanqisligiga 275 millionga yaqin inson uchragan. Ulardan 140 million nafari maktabgacha yoshdagi bolalardir. Ushbu vitamin tanqisligi oqibatida ulardan 500 minggacha nafari ko`rish qobiliyatini yo`qotadi, 3 millionga yaqin bolalar esa bevaqt vafot etadi. Ayniqsa, bu xavfga 5 yoshgacha bo`lgan bolalar ko`proq uchraydi. Ayni kunda A vitaminining tanqisligi ko`p davlatlarda aholi salomatligining eng dolzarb muammolaridan biri sanaladi.

Vitamin tanqisligi emlashning immunologik samaradorligining kamayishiga hamda emlangan bolalarda “boshqariladigan” infeksiyalar bilan kasallanishning ko`payishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu tanqislik nafas olish organlari va ichak infeksiyalari bilan kasallanish takroriyligini oshiradi, temir tanqisligining paydo bo`lishi va rivojlanishiga olib keladi.

1990-2000 yillarda bolalar o`rtasidagi o`lim darajasining yuqori ko`rsatkichlari, infeksiyalar bilan kasallanishning yuqoriligi, bolalar qonida A vitamin tanqisligi mavjudligining aniqlanishi O`zbekistonda Vitaminlashtirish haftaliklarining o`tkazilishiga sabab bo`ldi. Bu tadbir BMTning Bolalar jamg`armasi (YuNISEF) ko`magida o`tkaziladi.

Bolalarning ko`p shamollashi, ularda ichak kasalliklarining tez-tez uchrashi, o`sishda ortda qolish, teri qoplamalarining qurishqoqligi, ko`rish qobiliyatining pasayishi hamda ko`z oqida dog`larning paydo bo`lishi organizmda A vitaminining tanqisligidan darak beradi.

Vitaminlashtirish yashash joyi bo`yicha barcha tibbiyot muassasalarida hamda vitaminlashtirish punktlarida amalga oshiriladi. Vitaminlashtirishning boshlanishi haqida yashash joyi bo`yicha poliklinikalarda ma`lum qilinadi.



 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1