AsosiyDunyo

Koronavirus qachon bartaraf etilishi aytildi

'Koronavirus qachon bartaraf etilishi aytildi'ning rasmi

Seshanba kuni koronavirus epidemiyasi bo`yicha mamlakatning birinchi raqamli eksperti Zong Nanshan Xitoyda virusning tarqalishi aprel oyiga qadar yakunlanishi mumkinligini aytdi, deya yozdi Tarjumon. 

Mutaxassisning ta`kidlashicha, ba`zi provinsiyalarda yangi kasallanganlar soni kamaymoqda ekan va fevral oyida epidemiyaning eng yuqori darajasi kuzatilishi mumkin.

«Men bu epidemiyaning tarqalishi aprel oyidayoq o`z yakuniga etishi mumkin, deb umid qilaman», deydi 83 yoshli Zong. U Xitoyda 2003 yilda tarqalgan SARS sindromiga qarshi kurashdadagi roli bilan shuhrat qozongan.

Bugungi kunga kelib, koronavirus qurbonlari soni 1000 nafardan oshdi va Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti ushbu holatni terrorizmdan ham dahshatliroq global tahdid bo`lishi mumkinligini ta`kidlagan.

«Uyg`oning va ushbu virusni birinchi raqamli dushmanimiz deb hisoblang», dedi JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreyses.

JSSTning 11 fevralda bergan ma`lumotlariga ko`ra, Xitoyda 42,178 odam virusni yuqtirib olgan va 1017 kishi uning qurboniga aylangan. Xitoydan boshqa 24 ta mamlakatda kasallanganlar soni 319 kishini tashkil etib, koronavirusdan vafot etganlar ikkitani tashkil qiladi.

    Boshqa yangiliklar