AsosiyDunyo

Taklif: Prezident vakolati tugagach, bir umrga Senator bo`lsin

'Taklif: Prezident vakolati tugagach, bir umrga Senator bo`lsin'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi prezidentining vakolati tuguganidan so`ng bir umrlik Federasiya Kengashi a`zosi maqomini oladi. Rossiya Konstitusiyasining 5-moddasiga qo`shimcha kiritish taklif qilindi. Bu haqida hudud24 internet sayti yozmoqda.

Prezidentlar o`z vakolatlari yakunlanganidan so`ng yoki muddatidan oldin bekor qilinganidan so`ng bir umrlik senator maqomiga ega bo`lishlari mumkin. Shuningdek, sobiq prezidentlar senator maqomidan voz kechish huquqiga ham ega.

Shu bilan birga, Konstitusiyaga yana bir qo`shimcha kiritish taklif qilinmoqda. Unga ko`ra davlat rahbarining Federasiya Kengashi a`zolarini tayinlash huquqini kengaytirish taklif qilinmoqda. Ayni damda prezident 17 ta senatorni tayinlashi mumkin. Yangi normaga ko`ra ushbu vakolat 30 kishiga kengaytirilishi mumkin. Shu bilan birga, ana shunday senatorlardan 7 nafari “bir umrlik” maqomiga ega bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar