AsosiyDunyo

Har 17,9 soniyada yangi chaqaloq tug`iladi

'Har 17,9 soniyada yangi chaqaloq tug`iladi'ning rasmi

Misr aholisi 100 millionga etdi, dedi 11 fevralda mamlakatning statistika agentligi. Bu bilan Misr arab mamlakatlari ichida aholi soni bo`yicha birinchi o`ringa chiqdi. Bu haqida tarjimon internet nashri xabar bermoqda.

Afrikada esa, Nigeriya va Efiopiyadan keyin uchinchi o`rinda turipti. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, Misrda har 17,9 soniyada yangi chaqaloq tug`iladi.

Afrikaning shimolida joylashgan bu mamlakatda aholining katta qismi qashshoq bo`lib, ularning ko`pchiligi katta shaharlarda yashaydi. Aholi sonining haddan tashqari ko`payishi hukumatga yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Bosh vazir Mustafa Madbuli o`tgan haftada bo`lib o`tgan hukumat yig`ilishida aholining o`sishi hukumat oldida turgan yagona eng katta muammo ekanligini va bu milliy xavfsizlikka ta`sir qilishini ta`kidlagan.

Misrliklar bundan 30 yil oldin 57 million atrofida edi. So`nggi 30 yil ichida tug`ilish darajasi yuqori bo`ldi va yiliga 1,5 million chaqaloq tug`ilgan.

Ammo Misr hukumati oilalarning kichikroq bo`lishini qo`llab-quvvatlaganligi sababli aholi soni so`nggi paytlarda pasayib bordi. 2017 yilda o`tkazilgan so`nggi aholini ro`yxatga olish natijalari mamlakatda 95 millionga yaqin fuqaro istiqomat qilayotganligini ko`rsatgan. Hozirda aholining 60 foizidan oshig`ini 30 yoshdan kichik bo`lgan yoshlar tashkil etadi.

Taxminan 10 million misrlik chet elda istiqomat qiladi. Ularning aksariyati ish ilinjida Fors ko`rfazi mamlakatlariga ketgan. Migrantlar uyiga jo`natadigan pul mablag`lari misrliklarning muhim daromad manbasiga aylangan.

    Boshqa yangiliklar