AsosiyDunyo

Koronavirus tufayli xitoyliklarni haqorat qilgan o`smir qo`lga olindi

'Koronavirus tufayli xitoyliklarni haqorat qilgan o`smir qo`lga olindi'ning rasmi

Italiyaning Rim shahrida polisiya ko`chada bir guruh xitoyliklarni ta`qib qilib, ularni koronavirusni tarqatishda ayblagan o`smirlardan biri qo`lga olindi, deb xabar beradi "RIA Novosti".

Ushbu holat 9 fevral, yakshanba kuni, kechki payt Rimning Tuskolano tumanida yuz bergan hamda o`tkinchilar tomonidan videoga olingan. Xitoyliklar haqorat qilingan videorolik ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan.

"Koronavirusni bu erga sizlar olib keldingiz, yo`qolinglar bu erdan!", —  deb baqirgan o`smirlar xitoyliklarga qarata.

O`tkinchilar xitoyliklarning tarafini olmaganida voqea nima bilan yakunlanishini tasavvur qilish qiyin emas, deyiladi xabarda. Hodisa joyiga polisiyachilar etib kelgan hamda 15 yoshli o`smirni qo`lga olgan. Uning qo`lida siniq shisha idish bo`lgan. O`smirning yana ikki sherigi qochib ketgan. Xitoy fuqarolari polisiyaga da`vo arizasini kiritmagan. Shunday bo`lsa ham o`smirga rasmiy ravishda zo`ravonlik va tahdid qilish yuzasidan ayblov ilgari surilgan. U haqorat qilgan xitoyliklar orasida homilador ayol ham bo`lgan. Ayol ushbu voqeadan so`ng o`zini yomon his qilgan hamda shifoxonaga yotqizilgan. Tuskolanodagi ushbu voqea rimliklarni g`azablantirdi. Ular bu holatning uyatli ekanligini aytib, o`smirlarning harakatlarini qoralamoqda.

 

    Boshqa yangiliklar