AsosiyDunyo

O`zbekistonlik migrantlar Moskva byudjetiga milliardlab foyda keltirdi

'O`zbekistonlik migrantlar Moskva byudjetiga milliardlab  foyda keltirdi'ning rasmi

Mehnat migrantlari 2019 yilda Moskva byudjetiga 18,4 milliard rubl (290,7 million AQSh dollari) foyda keltirdi. Bu haqda daryo internet nashri "TASS"ning Moskva iqtisodiy siyosat va taraqqiyot departamenti matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Ma`lumot o`rnida:

  • 2018 yilda ko`rilgan daromaddan 5,2 foizga ko`pdir.

 

Xabarda aytilishicha, 2019 yilda Moskvada 463,7 mingta mehnat patenti berilgan bo`lib, 2018 yilga nisbatan 2,7 foizga ko`p. Patentlarning yarmi O`zbekiston fuqarolariga, 38 foizi Tojikiston fuqarolariga, 6 foizi Ukraina fuqarolariga, 3 foizi Ozarbayjon va Moldova fuqarolariga berilgan.

Moskva iqtisodiy siyosat va rivojlanish departamenti boshlig`i Denis Tixonovning aytishicha, 5 yil davomida chet el fuqarolari Moskvada ishlash uchun 2 milliondan ortiq patent oldi va byudjetga qariyb 77 milliard rubl kiritdi. Mehnat migrantlari Moskva bozorida alohida qatlam bo`lib, ular asosan poytaxtliklar qo`l urmaydigan ishlar: obodonlashtirish, ko`cha tozalash, yuk ortish, mardikorchilik bilan shug`ullanadi. Patent olganlarning barchasi tibbiy ko`rikdan va rus tili bo`yicha imtihondan o`tgan.

    Boshqa yangiliklar