AsosiyDunyo

JSST: Yangi koronavirus uchun vaksina 18 oy ichida tayyor bo`lishi mumkin

'JSST: Yangi koronavirus uchun vaksina 18 oy ichida tayyor bo`lishi mumkin'ning rasmi

“Xitoyda tarqalgan koronavirusga qarshi birinchi vaksina 18 oy ichida tayyor bo`lishi mumkin. Shuning uchun biz bugun o`zimizda mavjud bo`lgan vositalar yordamida hamma ishni amalga oshirishimiz kerak», dedi seshanba kuni Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom Gabreyris.

Uning aytishicha, ushbu virusga COVID-19 nomi berilgan. Gabreyris epidemiyaga yangi nom berilishi boshqa noto`g`ri nomlar yuzaga kelishining oldi olinishi bilan izohladi.

    Boshqa yangiliklar