AsosiyJinoyat

Farg`onada “Nexia” salonidan pul va planshet o`g`irlagan kimsalar qo`lga tushdi

'Farg`onada “Nexia” salonidan pul va planshet o`g`irlagan kimsalar qo`lga tushdi'ning rasmi

Farg`onada avtomobil eshigini noqonuniy yo`l bilan ochib, mashina salonidagi planshet va pullarni o`g`irlab ketgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan jinoyat qidiruv ishlari jarayonida mazkur kimsa Andijon viloyatida yashovchi, 27 yoshli  D.D, Farg`ona shahrida yashovchi 26 yoshli Sh.Sh. va R.Sh.lar ekanligi ma`lum bo`ldi.  

Aniqlanishicha Farg`ona shahri Qo`shtepa tumanida yashovchi shahardagi «BARAKA DORI» firmasi ishchisi, 29 yoshli A.Oning mashinasida o`g`irlik sodir qilingan. Haydovchi 5 fevraldan 06 fevral kuniga o`tar kechasi Farg`ona shahrida joylashgan “Qandak” choyxonasi oldida mashinasini qoldirib ketgan. 

O`g`rilar “Nexia” rusumli avtomashina eshigini kalit tanlash yo`li bilan ochib, salonidan 1 300 000 so`mlik planshet va 400 000 so`m pulini olib ketishgan. 

Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan o`zganing mulkiga ko`z olaytirgan shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Xabarda hozirgi vaqtda IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Boshqa yangiliklar