Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Primorskiy tumanida uch million rubl (47 ming dollar atrofida) bo`lgan seyfni o`g`irlaganlikda gumonlanayotgan 33 yoshli o`zbekistonlik Muhayyo ismli ayol qo`lga olindi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, o`g`rilik 2019 yilning dekabr oyida sodir etilgan.
67 yoshli peterburglik erkak tanishuvlar saytida 33 yoshli o`zbekistonlik Muhayyo bilan tanishib qoladi va uni uyiga taklif qiladi. Kunlardan bir kun Muhayyo «sevgilisi»ning uch million rubl saqlanayotgan seyfini o`g`irlab ketadi.
Peterburglik erkak bu pullarni tadbirkorlik qilish uchun bankdan olgan edi. U Muhayyoning qaytishini ikki oycha kutadi. Lekin «sevgilisi»dan darak bo`lmagach, polisiyaga shikoyat qilishga qaror qiladi. Muhayyo Savushkina ko`chasidagi kvartiradan seyfni olib chiqib ketayotgani kuzatuv kameralariga tushib qolgan. Shu sababli u tezda qo`lga olingan.
Muhayyo pullarning bir qismini uyiga jo`natgan, bir qismini esa ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
O`g`rilik holati bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.