AsosiyJamiyat

#NavrUz yaqin!

O`zbekistonlik Twitter mikroblogi foydalanuvchilari #NavrUZ xeshtegini jahon trendiga olib chiqish maqsadida aksiya o`tkazishni rejalashtirdi.

Aksiyada yurtimizdagi faol blogerlar, taniqli shaxslar hamda ushbu g`oyani qo`llab-quvvatlashga tayyor insonlar ishtirok etadi. Shu maqsadda yangi haftadan boshlab (9 mart) poytaxtimizdagi Samarqand Darvoza va Next savdo markazlarida xeshteg logotipi tushirilgan stendlar o`rnatiladi. Stendlar qarshisida istagan yurtdoshlarimiz suratga tushishi va uni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashi mumkin.

Bu kabi aksiya o`zbekistonlik Tvitter foydalanuvchilari uchun ilk bora tashkil etilayotgani yo`q. 2012 yilda Mustaqillik bayrami munosabati bilan #uzb21 hamda 2014 yilda #IrmatovBest xeshtegi jahon trendiga chiqarilgan edi.

    Boshqa yangiliklar